46,2 ming nafar chet el fuqarolari davolanish uchun O‘zbekistonga kelgan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-may oylarida 2,8 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. Bu haqda agentlik axborot xizmati yozmoqda.
“Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 % ga oshgan”, – deyilgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha (ming nafar):
qarindoshlarni yo‘qlash — 2 237,4
sayyohlik — 426,5
xizmat yuzasidan — 68,4
tijorat — 51,5
davolanish — 46,2
o‘qish — 7,4
Ulashish:
Sharhlar