47 nafar fuqaroni xorijga ishga yuborishini aytib aldagan firibgar qo‘lga tushdi
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida fuqaro V.I. fuqarolar E.X. va B.B.ning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 4 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, tadbir davomida 1,2 mln so‘m va 700 AQSH dollarini qaytarib bergan vaqtida dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro V.I. 47 nafar fuqaroni yuqoridagi kabi aldab, chet davlatlarga ishga yuborishi evaziga jami 37 160 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Navoiy viloyatida fuqaro R.D. fuqaro A.F.ning ishonchiga kirib, uni Koreya davlatiga yashash va ishlash uchun jo‘natishi hamda viza hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar