5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
Bugun, 5-iyun, eng muhim ekologik sanalardan biri — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni, deb yozmoqda Ekologiya vazirligi.
“Bu yilgi bayram “Bizning yerimiz. Bizning kelajagimiz. Biz #KelajakavlodQaytatiklash” shiori ostida yerlarni tiklashga, cho’llanish jarayonini to’xtatish va qurg’oqchilikka chidamliligini oshirishga bag’ishlangan” – deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda bu masalalarga katta e’tibor qaratilmoqda. Buzilgan yerlarni tiklash, cho‘llanishning oldini olish bo‘yicha dasturlar faol amalga oshirilmoqda. Milliy loyihalar doirasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, o‘rmonlar tiklanmoqda, yangi bog‘lar barpo etilmoqda. Mamlakatimizning turli hududlaridan ko‘ngillilar va faollar ko‘chat ekish va hududlarni tozalashda ishtirok etib, biologik xilma-xillikni saqlash va atrof-muhit sifatini yaxshilashga ko‘maklashmoqda.
Tabiatni asrab-avaylash va tiklashga hissa qo’shayotgan barchani ushbu kun bilan tabriklaymiz. Sizning sa’y-harakatlaringiz va fidoyiligingiz barchamiz uchun barqaror va sog’lom kelajak kalitidir. Mehnatingiz o‘z samarasini bersin, sayyoramiz yildan-yilga gullab, obod bo‘lsin.
Sharhlar