5 oyda AQSHdan O‘zbekistonga qancha turist keldi

Foto: Central Asia

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylari davomida AQSHdan O‘zbekistonga 10,6 ming nafar turist tashrif buyurgan.

5 oyda AQSHdan O‘zbekistonga kelgan turistlarning asosiy safar maqsadlari:

  • dam olish – 8446 nafar
  • xizmat yuzasidan – 1089 nafar
  • qarindoshlarni yo‘qlash – 832 nafar
  • tijorat – 167 nafar
  • boshqa maqsadlar – 136 nafar

Avvalroq 5 oy davomida Italiyadan O‘zbekistonga 15 319 nafar turist kelganligi haqda xabar bergan edik.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.