Xorazmda 17 yoshli yigit 5-qavatdan yiqilib omon qoldi
Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bola yuqori qavatdan tushib ketib, avtomobil ustiga qulagani aks etgan videolar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, Urganch shahrida 2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan avtomashina ustiga tushganligi holati yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar