5-qavatdan yiqilib, vafot etgan ayolning eriga 9 yillik qamoq jazosi qo’llanildi

Фото: орда

27-mart kuni Bekobod tumanida 28 yoshli ayol 5-qavatdan tushib ketib vafot etganligi haqida xabar bergan edik.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda marxumaning turmush o‘rtog‘i Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangan edi.

Ushbu holat yuzasidan, 13-avgustda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudi tomonidan hukm chiqarildi.

Unga muvofiq muqaddam sudlangan D. X. Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Jabrlanuvchi N. X. (marhuma)ning qonuniy vakili R.S. sudlanuvchi D.X.dan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan tegishli hujjatlarni to‘plab, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan tomonlar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudiga apellyatsiya (kassatsiya) instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirish mumkinligi ma’lum qilinadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.