Olimpiya o‘yinlarining bugungi bahslarida 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashadi
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining bugungi bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 sport turida 5 nafar atlet bilan qatnashadi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xususan, baidarka va kanoeda eshkak eshish bahslarida Yekaterina Shubina (K1 500 metr) Toshkent vaqti bilan 12:30 da, Shahriyor Mahkamov (K1 1000 metr) esa 13:40 da qatnashadi.
Yunon-rum kurashi musobaqalarida Aram Vardanyan (-77 kg) va Rustam Assakalov (-97 kg) 14:00 da O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Bokschi Bahodir Jalolov (+92 kg)ning jangi esa 1:00 da boshlanadi.
Ulashish:
Sharhlar