54 yoshli Dilfuza Sidney marafonida g’alaba qozondi
Avstraliyaning Sidney shahrida Butunjahon yengil atletika federatsiyasining platinum darajasidagi “TCS Sydney Marathon” marafoni o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, 50-54 yosh toifasidagi bellashuvlarda o‘zbekistonlik Dilfuza Allayarova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
54 yoshli hamyurtimiz masofani 2 soat 55 daqiqa 53 soniyada bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yosh toifasidan qat’i nazar o‘zbekistonlik ayol marafonchilar tomonidan qayd etilgan eng yaxshi o‘ninchi natija bo‘ldi.
Rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lgan hamyurtimizning bundan avvalgi shaxsiy rekordi 3 soat 1 daqiqaga teng bo‘lib, Chikago marafonida o‘rnatilgan edi.
Ulashish:
Sharhlar