541 ta holatda amalda ekilmagan bir milliondan ziyod ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilgan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i O‘ktam O‘tayev ma’lum qildi.

Shuningdek, 441 ta holatda 580 ming tup ko‘chatlar sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan. 35 ta holatda yetkazib berilgan ko‘chatlar o‘z vaqtida ekilmaganligi sababli 19 mingdan ortiq ko‘chat nobud qilingan.

“7 232 ta noqonuniy daraxt kesish holati aniqlanib, har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup ko‘chatni komensatsiya tarzida ekish majburiyati yuklandi”, – deyiladi xabarda.

Yadro fizikasi instituti bog‘i (255 gektar), “Darxon” ilmiy tajriba xo‘jaligi (29,6 gektar), “Bobotog‘” va “Zarafshon” davlat o‘rmon xo‘jaliklari hududlari to‘liq nazoratga olinib, jami 50 ming tup ko‘chat ekilishi ta’minlandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.