585,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJlar aniqlandi
Buxoro shahrida “B.B.” MCHJ rahbari B.I. va boshqalar Sanoatchilar ko‘chasidagi ko‘p qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini barpo etishda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 433,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Qorovulbozor tumanida “H.A.” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan fuqaro Sh.H. suv resurslarini ko‘p talab qiladigan maydondagi ekinlarni sug‘orish uchun o‘rnatilgan elektr hisoblagich sxemasini o‘zgartirib, jami 152 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar