“5G” ta’sirida miya to‘qimalarida o‘zgarishlar aniqlandi
Tomsk davlat universiteti olimlari 5G antennasi nurlanishidan keyin kalamushlar miyasida o‘zgarishlar aniqladi. Bu haqda Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligiga tayanib, TASS xabar berdi.
Laboratoriya rahbari, TGU Biologiya va biofizika ilmiy-tadqiqot instituti eksperemental fiziologiya bo‘limining yetakchi ilmiy xodimi Natalya Krivovaning so‘zlariga ko‘ra, kalamushlar besh hafta davomida 5G antennasi nurlanishiga duch kelishgan. Bu taxminan inson hayotining to‘rt yiliga teng.
Krivova kalamushlarning holatini baholash chog‘ida, tadqiq qilingan parametrlarning birortasi nazorat guruhidagi kalamushlarning ko‘rsatkichlaridan farq qilmaganini aytdi. Bu kalamushlar 5G nurlanishi ta’sirida og‘riq, qo‘rquv yoki stressni his qilmaganliklari va yaxshi holatda bo‘lganliklarini ko‘rsatadi.
Biroq, miya to‘qimalarini chuqurroq tahlil qilish natijasida, 5G antennasi nurlanishiga duch kelgan kalamushlarda antioksidantlar va prooksidantlar nisbatida sezilarli o‘zgarishlar qayd etilgan.
Olimlar, 5G nurlanishining qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini ta’kidlashdi.
Eslatib o‘tamiz, ilgari Qozon davlat tibbiyot universiteti olimlari glaukomaning rivojlanishi bilan bog‘liq genomedagi 17 ta hududni aniqlashga yordam bergan edilar. Bu ishda Rossiya, Xitoy va Buyuk Britaniyadan mutaxassislar ishtirok etishgan edi.
Sharhlar