6 oyda Qozog’iston aholisi soni 126 ming kishiga ko’paydi
QR Milliy statistika byurosi 2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra Qozog‘istonda qancha odam istiqomat qilayotgani haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kazinform.
Statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston aholisi 2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 20 159 707 kishi bo‘lib, ulardan 12 573 637 nafari shahar va 7 586 070 nafari qishloq aholisidir.
“Olti oyda aholi soni 125 867 kishiga, shundan tabiiy o‘sish 118 579 kishiga, migratsiya 7 289 kishiga ko‘paydi”, – deyiladi Milliy statistika byurosi matbuot xizmati xabarida.
Aholining eng yuqori o‘sish sur’atlari Astana shahrida – 2,93 foizga, Chimkent shahrida – 1,38 foizga va Almati shahrida – 1,33 foizga o‘sish qayd etilganligi ta’kidlangan.
Ulashish:
Sharhlar