Toshkentda 6 yoshli bola lyukka tushib ketib, halok bo‘ldi
8-iyul kuni Toshkentda olti yoshli bola suv lyukiga tushib ketib, halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda bedarak yo‘qolganlarni qidirish bilan shug‘ullanuvchi UzAlert guruhi.
Voqea 18:00 atrofida yuz bergan bo‘lib, bola Uchtepa tumanidagi Havas do‘koniga ketgan va qaytib kelmagan. 9-iyul kuni ertalab tezkor xodimlar bolaning jasadini uning otasi ishlaydigan sex hududidan topgan.
Qayd etilishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari va ko‘ngillilar ko‘p soatlar davomida piyoda qidiruvlar olib borgan.
Ulashish:
Sharhlar