60 mingdan ziyod xonadondagi 2,5 mingdan ortiq huquqiy muammolar hal etildi
“Adliya kuni” tadbiri doirasida 4,2 mingdan ortiq mahalladagi 60 mingdan ziyod xonadonga uyma-uy kirilib, aniqlangan 2,5 mingdan ortiq huquqiy muammo hal etildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva.
- Xususan, shaxsiy hujjati mavjud bo‘lmagan 849 nafar fuqaroga tegishli hujjatlar hamda 580 ta uy-joylarning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib berildi, 331 ta tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazildi.
- 20 mingdan ortiq fuqaroga birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatildi.
- 180 ta mahalla binosiga o‘rnatilgan interaktiv kiosklar orqali 80 mingga yaqin fuqarolar 49 turdagi davlat xizmatlaridan foydalandi.
- Har oyda o‘rtacha 50 mingdan ortiq fuqaro Mobile-ID tizimida bepul identifikatsiyadan o‘tkazilmoqda.
- 8 863 nafar fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmatlari, shuningdek FHDYO va notarius xizmatlari ko‘rsatildi.
Ulashish:
Sharhlar