625 mln. so‘mga sotilishi mumkin bo’lgan qalbaki dori vositalari aniqlandi
Qo‘qon shahri va Uchko‘prik tumanidagi yashirin sexda qiymati 7 mingdan 26 ming so‘mga qadar bo‘lgan “Kaspargin”, “Piratsetam”, “Deksamitazon”, “Askorbin kislotasi” kabi ampula shaklidagi dori vositalarini yozuvi, qadog‘i va yorliqlarini o‘zgartirish hamda ampulalarni bo‘yoq bilan bo‘yash orqali dorixonalarda qiymati 70 mingdan 200 ming so‘mgacha bo‘lgan “L-Lizin Essinat”, “Tiotsetam”, “Midokalm”, “Retobolil”, “Diprospan” va “Aktovegen” kabi dorilar tayyorlanganligi ma’lum bo’ldi.
Mazkur dori vositalari kompleks ekspertiza xulosalariga ko‘ra, qalbakilashtirilganligi, muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi va saqlash sharoitiga amal qilinmaganligi aniqlandi.
Qo‘qon shahri va Uchko‘prik tumanidagi xonadonlardan olingan dorilarning qiymati 89 mln. so‘mni tashkil etgan, va agar ular qalbakalashtirish orqali savdoga chiqarilganida 625 mln. so‘mga sotilishi mumkin edi. Bu esa fuqarolarning sog‘ligiga jiddiy xavf solish bilan birga moddiy xarajatlarini oshishiga va bemorlarning shifo topmasligiga sabab bo‘lar edi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar