Sirdaryoda 6 ta avtomobil to‘qnashib ketdi

Foto: Depositphotos

Sirdaryo viloyati IIB YHXB 6 ta transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot e’lon qildi.

Hodisa 8-sentabr kuni soat 18:00 larda Oqoltin tumani, Yangi davr MFY hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 4-kmda yuz bergan. Termiz—Toshkent yo‘nalishida tartibga solingan piyodalar svetoforiga to‘xtagan Gentra rusumli avtomobilga orqa tomonidan oraliq masofani saqlamagan holda 5 ta avtomobil — Gentra, 2 ta Spark, Damas va BYD harakatlanib kelib urilgan.

Natijada 6 ta transport vositalarining barchasi texnik shikastlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda Oqoltin tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.