Toshkentda 7 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasida soat taxminan 16:54 larda 7 ta avtomashina — 2 ta Matiz, 1 ta Nexia-3, 1 ta Tracker, 1 ta Onix, 1 ta CHERY, 1 ta Isuzu rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.

YTHga CHERY rusumli avtomashina haydovchisi harakat vaqtida bir yo‘nalishda to‘xtab turgan avtomashinalar bilan to‘qnashuv sodir etgani sabab bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat bo’yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.