7-noyabrdan boshlab issiqlik bilan ta’minlash boshlanadi

Foto: ochiq manba

Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.

Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.

Sizning turar-joyingizda yoki rahbarlik qilayotgan muassasangizda issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklarni aniqlasangiz yoki issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSh va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlarni to‘laqonli amalga oshirilmayotganligining guvohi bo‘lsangiz 1055 yoki 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 raqamlariga yoki ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga murojaat qilishingiz mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.