7 yashar qizga nisbatan zo‘ravonlik qilinganligi haqidagi holatga aniqlik kiritilmoqda
Ijtimoiy tarmoqda o‘ziga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar qilinganini aytayotgan voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq video tarqaldi va ushbu holat o‘rganilmoqda, deb xabar bermoqda Bolalar ombudsmani axborot xizmati.
Aniqlanishicha, 2024-yil 12-oktabr kuni Qarshi shahrida yashovchi J.D. (ayol) Qashqadaryo viloyati IIBning 102-raqamli telefoniga murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i (2021-yildan u bilan birga yashab kelayotgan) B.Q. ayolning 2017-yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini qilgani to‘g‘risida xabar bergan.
Holat yuzasidan Qarshi shahar IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘limi darhol tergovga qadar tekshiruv boshlab, kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini olib bordi. Bolaga nisbatan tegishli sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda. Ish borishi yuzasidan qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi.
Sharhlar