48 mln. so‘mlik 4000 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari aniqlandi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan “Vodil-Yozyovon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “SPARK” rusumli avtomashina Yozyovon tumani hududida to‘xtab boshqa fuqaro boshqaruvidagi “NEXIA-3” rusumli avtomashinaga o‘zining avtomashinasidagi tovar-moddiy boyliklarini ortayotgan vaqtida tomonidan to‘xtatib qolindi.
Shundan so‘ng, mazkur avtotransport vositalaridagi tovarlar belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari va aksiz markalari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari ekanligi ma’lum bo‘lgan. 8 ta sellofan paketlarga joylangan 4000 quti “Milano” nomli tamaki mahsulotlarining dastlabki umumiy qiymati 48 mln. so‘mni tashkil etmoqda.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar