8 nafar para o’zbekistonlik pauerliftingchilar Paralimpiya o‘yinlarida qatnashadi

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi para pauerlifting bo‘yicha “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi yakuniy reytingni e’lon qildi.

Litsenziatlar orasidan 8 nafar o‘zbekistonlik para pauerliftingchi joy oldi. Bundan avval bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida 3 nafardan ortiq para pauerliftingchi ishtirok etmagan edi.

“Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O’zbekiston sharafini himoya qiladigan para pauerliftingchilar:

Ayollar:

  1. Aqidaxon Axtamova
  2. Durdona To‘rayeva
  3. Ruxshona O‘ktamova
  4. Ro‘za Qo‘ziyeva
  5. Qudratoy Toshpo‘latova

Erkaklar:

  1. Bekzod Jamilov
  2. Husniddin Usmanov
  3. Ilhom Halimov

Ma’lumot uchun, “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para pauerlifting musobaqalari 4-7-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.