Bugun Olimpiya o‘yinlari musobaqalarida 8 sportchi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
Bugun, 8-avgustdan taekvondo WT, badiiy gimnastika, erkin kurash va zamonaviy beshkurash bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Parij-2024 medallari uchun ishtiroklarini boshlaydi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Kun davomida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 6 sport turida qatnashadi. Xususan, Toshkent vaqti bilan 13:30 da Nilufar Zokirova baidarka va kanoeda eshkak eshish musobaqalarida bellashadi.
Sport kurashlari bellashuvlarida G‘ulomjon Abdullayev va Javrail Shapiyev O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Ikkala sportchi ham 14:30 da gilamga chiqadi.
Bokschilar Abdumalik Xalokov va Hasanboy Do‘stmatovning janglari tegishli ravishda 00:30 va 1:35 da boshlanadi.
Badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova 13:00 da chiqish qiladi. Taekwondo WT bo‘yicha musobaqalarda esa 13:35 da Ulug‘bek Rashitov qatnashadi. Va nihoyat, zamonaviy beshkurash bo‘yicha Alise Faxrutdinovaning chiqishini 17:30 da ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Sharhlar