82 ta qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi qo’lga tushdi
IIB YXHB organlari qarorlariga asosan jami 82 ta qoidabuzarliklari uchun salkam 34 million so‘m ma’muriy jarima qarzdorliklari undirildi. Haydovchi barcha sodir etilgan qoidabuzarlikda tezlikni oshirgan va uning “Honda Elysion” rusumli avtomashinasi jarima maydoniga qo‘yilgan.
Amaldagi qonunchilikda, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishga jarima solinishi belgilab qo‘yilgan bo’lsada fuqaro bunga rioya qilmagan va natijada, ma’muriy jarimaga tortilib, 33.066.690 so‘mga borib to’laydigan bo’lgan
Ma’muriy jarimalarni undirish maqsadida Byuroning Bag‘dod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan “Honda Elysion” rusumli avtomashinasiga qidiruv e’lon qilingan, majburiy ijro harakatlari davomida “Honda Elysion” Bag‘dod tumani ko‘chalarida harakatlanib ketayotgan vaqtida ushlanib, jarima maydonchasiga olib kirilgan vaqtda haydovchi jami 33.066.690 so‘m jarima pullarini to‘liq to‘lab berishi natijasida mashinasini olib ketgan.
Sharhlar