9-11-sentyabr kunlari qanday ob-havo bo’lishi kutilmoqda

Foto: Sputnik

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10…+15 daraja, kunduzi 9-sentyabrda +22…+27 daraja, 10-11-sentyabrda +25…+30 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10…+15 daraja, kunduzi 9-sentyabrda +22…+27 daraja, 10-11-sentyabrda +27…+32 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10…+15 daraja, kunduzi 9-sentyabrda +24…+29 daraja, 10-11-sentyabrda +27…+32 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 9-sentyabrda kechasi +10…+15 daraja, kunduzi +25…+30 daraja, 10-11 sentyabrda kechasi +12…+17 daraja, kunduzi +28…+33 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10…+15 daraja, kunduzi 9-sentyabrda +22…+27 daraja, 10-11-sentyabrda +26…+31 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, 9-sentyabrda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. 10-11-sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5…+10 daraja, kunduzi 9-sentyabrda +15…+20 daraja, 10-11-sentyabrda +17…+22 daraja boʻladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.