9-avgust kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 39-41 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 37-42 daraja, baʼzi joylarda 45 darajagacha bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Sharhlar