Bugun Olimpiya o‘yinlarida 9 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi

Фoтo: judoinside.com

Bugun, 2-avgustdan Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari doirasida yengil atletikachilarimiz bahslarga kirishadi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. Kun davomida 4 sport turida 9 nafar atletimiz ishtirok etadi.

Xususan, Alisher Yusupov Toshkent vaqti bilan 13:00 da dzyudo musobaqasida chiqadi. 13:15 da esa Safina Sa’dullayeva balandlikka sakrash, 19:15 da Sharifa Davronova uch hatlab sakrash musobaqalarida ishtirok etadi.

Kamondon otish bo‘yicha esa O‘zbekiston sharafini 14:25 da Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova himoya qiladi.

Boks bo‘yicha bahslarda esa quyidagi sportchilar qatnashadi:

  • Sitora Turdibekova 18:30 da;
  • Bahodir Jalolov 20:55 da;
  • Hasanboy Do‘stmatov 00:20 da;
  • To‘rabek Habibullayev 00:50 da.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.