92 ta davlat tashkilotilari tomonidan 7525 ta holatda korrupsiyaviy xavflar qayd etildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash to‘g‘risida ma’lumot berildi:
Baholashga ko‘ra 495 ta funksiyada – “yuqori”, 1541 ta funksiyada – “o‘rta” hamda 5489 ta funksiyada – “past” darajada qayd etildi.
- Korrupsiya xavfini baholash — bu korrupsiya uchun imkoniyat yaratishi mumkin bo‘lgan tizimdagi zaif tomonlarni aniqlaydigan diagnostik vosita hisoblanadi. Xavfni baholash odatda korrupsiya sodir etilish ehtimoli va u sodir etilsa, uning oqibatlari tashkilotga qanday zarar yetkazishi mumkinligi nuqtayi nazaridan amalga oshiriladi.
- Baholash jarayoni tashkilot rahbari va xodimlari tomonidan tashkilot duch kelishi mumkin bo‘lgan tahdid va xavflarni tushunishga, kim, ya’ni qaysi lavozimlar xavf ostida bo‘lishi mumkinligini hamda mavjud nazorat choralari yetarli yoki qo‘shimcha choralarni ko‘rish kerakligini aniqlashga, xavflarni minimallashtirish choralarini belgilashga yordam beradi.
- Ta’kidlash lozimki, korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot «eng korrupsiyalashgan», korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar «korrupsioner» yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan «past» bo‘lgan tashkilotlar «korrupsiyadan xoli» hisoblanmaydi.
- Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.
Ulashish:
Sharhlar