Abbosbek Fayzullaev Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Фото: news.sportbox.ru

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev  hozir 6 million yevroga baholanmoqda. Shu tariqa, u Transfermarkt talqini bo’yicha Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi.

“Fayzullaevning ham klubdagi, ham terma jamoadagi muvaffaqiyatli o’yinlari tufayli uning qadri oshdi. Abbos o’tgan mavsumda TsSKA safida 32 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi”, – deyiladi xabarda.

Fayzullaev O’zbekiston terma jamoasi bilan tarixda ilk bor Olimpiada o’yinlari yo’llanmasini qo’lga kiritgan edi. Markaziy Osiyoda qiymat bo’yicha ikkinchi o’rinni yana bir o’zbekistonlik sportchi, italiyalik “Kalyari” hujumchisi Eldor Shomurodov Qozog’iston terma jamoasi va Turkiyaning “Beshiktosh” klubi yarim himoyachisi Baxtiyor Zaynutdinov bilan bo’lishib turibdi. Ularning har biri 5 million yevroga baholangan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.