Abbosbek Fayzullayev unga “Olimpiada-2024” sharoitlari yoqmaganini aytdi
SSKA klubining (Moskva) o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlaridagi yashash sharoitidan noroziligini bildirdi, deya xabar beradi “Sport-ekspress” nashri.
Fayzullayev Olimpiadadagi chiqishi unga yaxshi tajriba bergan bo‘lsa-da, yashash sharoiti va oziq-ovqat masalasiga tanqidiy munosabatda ekanini ta’kidlagan.
“Sharoitlar unchalik yaxshi emas, ovqat ham unchalik yaxshi emas”, – degan o‘zbekistonlik futbolchi.
Ulashish:
Sharhlar