Abdulla Aripov Eron birinchi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Foto: Bosh vazir matbuot kotibi

Armaniston Respublikasiga tashrif doirasida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Eron Islom Respublikasi Birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Davlatlarimiz rahbarlari tomonidan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Buning natijasida birgina o‘tgan yilning o‘zida o‘zaro savdo yarim milliard dollardan oshgani, qo‘shma korxonalar soni yil boshidan buyon 51 taga ko‘paygani qayd etildi.

Uchrashuvda Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda uning doirasidagi biznes-forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, davlatlarimiz o‘rtasida turli sohalarda sanoat kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishda energetika, metallurgiya, innovatsiya va texnologiya, transport-tranzit hamda kommunikatsiya sohalariga muhim yo‘nalish ekani bildirildi.

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yerevanga tashrif doirasida Yevroosiyo iqtisodiy forumida ham ishtirok etdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.