Abdumalik Xalokovdan Oʻzbekiston uchun 7-oltin medal, u Parij-2024 Olimpiadasi chempioni
Bugun boks boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining final bahsida hamyurtimiz Abdumalik Xalokov Qirgʻiziston vakiliga qarshi ringga chiqdi va uni ishonchli magʻlub etdi.
“Tarix yozishda davom etamiz. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov sovrinlari orasiga yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini ham qoʻshib qoʻymoqda. Buxorolik sportchimiz chempionlik jangida Qirgʻiziston vakili Munarbek Seitbek oʻgʻlini yaqqol ustunlik bilan magʻlub etib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi”, – deb yozadi MOQ axborot xizmati.
Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 7 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetmoqda. Tasanno, Abdumalik!
Sharhlar