Abduqodir Xusanov Angliyaning “Tottenxem” klubiga o‘tishi mumkin
О‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abduqodir Xusanov o‘z faoliyatini Angliyaning “Tottenxem” klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Football insider.
“Tottenxem” Mikki van de Ven jarohatidan so‘ng yangi markaziy himoyachini sotib olish rejalarini tezlashtirmoqchi.
Sobiq skaut Mik Braun 30-oktyabr kuni Football insider nashriga klub o‘z tarkibini himoyada yanada kuchaytirishga intilayotganini va bu ehtiyoj yanada dolzarb bo‘lib qolganini aytgan.
“Himoyani kuchaytirish bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri Yevropaning yetakchi klublari qiziqishini uyg‘otgan “Lans”ning 20 yoshli futbolchisi Abduqodir Xusanov”, — deb yozadi nashr.
Shuningdek, futbolchi О‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 16 ta o‘yin o‘tkazgan, u doimiy xalqaro o‘yinchi hisoblanadi.
Xusanovning “Nyukasl”ga o‘tishi ham ko‘rib chiqildi, Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Pol Robinson Football insider nashriga bergan intervyusida “zag‘izg‘onlar” himoya chizig‘iga tezlik qo‘shishga intilayotganini aytadi.
О‘zbekistonlik futbolchi “Tottenxem”ning transfer maqsadlari ro‘yxatidagi bir nechta markaziy himoyachilardan biri, chunki ularning himoyasi chuqurligidan xavotirlar kuchaymoqda.
Ular yanvar oyidagi transfer darchasida yangi o‘yinchi sotib olishni birinchi o‘ringa qo‘yishlari kutilmoqda.
Sharhlar