Abituriyenlarga boshqa sana va vaqtda testga kirishga ruxsat berilmaydi

Foto: Talim xabarlari

Ayni kunlarda vazirlikning Murojaatlar markazi va Ishonch raqami orqali turli sabablar bilan test sinovlariga qatnashmagan abituriyentlar, ularning yaqinlari tomonidan qo‘shimcha imtihon belgilab berish yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Hukumatning 261-son qaroriga muvofiq test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan abituriyent sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilishi mumkin emas.

Shuningdek, abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi.

“Shu bois, hurmatli abituriyentlardan test sinoviga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihonlar o‘tkaziladigan joyga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmay kelishlarini so‘raymiz”, – deydi vazirlik.

Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.