Abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganligini bilishi mumkin

Foto: mandat.uz

Abituriyentlar avvalgi yillardagidek tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin. Bu Bilimni baholash agentligining mutaxassislari tomonidan agentlikning rasmiy telegram kanalida bo‘lib o‘tgan ovozli suhbatda ma’lum qilindi.

Ushbu jarayon imtihonning ikkinchi, ya’ni tanlov bosqichi yakunlangandan bir necha kun o‘tib boshlanadi. Shundan keyin abituriyentlar tanlagan beshta yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganligi, qolgan abituriyentlarning natijalari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatma! Imtihonning tanlov bosqichi kecha 10-avgust kuni soat 23:59 da yakunlandi. Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.