Abu-Dabida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turnirida start olmoqda

Bugun BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri start oladi. Anʼanaga muvofiq, musobaqani yengil vazn toifasidagi sportchilar boshlab berishadi. Bu haqda MOQ xabar qilmoqda.

Bugun kun davomida tatamiga chiqadigan hamyurtlarimiz va ularning ilk raqiblari bilan tanishing:

-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov – Luka Modebadze (Gruziya) / Felipe Dakruz (Livan)
-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov – Diyego Ismayel (Braziliya)
-66 kg: Muhriddin Tilovov – Luka Kajjiano (Italiya) / Adilbek Berikuli (Qozogʻiston)
-66 kg: Ismoil Nishonboyev – Rashad Yelkiyev (Ozarbayjon)

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.