Abxaziya parlamenti prezident iste’fosini qabul qildi
Abxaziya xalq assambleyasi (parlamenti) mamlakat prezidenti Aslan Bjaniyaning iste’fosini qabul qildi, deya xabar beradi Apsnypress.
Bu qarorga 28 nafar deputat ovoz bergan, bir nafar deputat qarshi ovoz bergan. Ikkita saylov byulleteni haqiqiy emas deb topilgan. Vitse-prezident Badra Gunba davlat rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Bjaniya hokimiyat va muxolifat vakillari o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, iste’foga chiqish haqida ariza bergan. Namoyishchilar bunga javoban bosib olgan hukumat binolarini bo‘shatishga va’da berishgan.
15-noyabr kuni ertalab Abxaziyada namoyishchilar respublika prezidenti Aslan Bjaniyaning ofisi va parlament majlislar zalini egallab olishgandi. Binolar olib qo‘yilgandan so‘ng, Bjaniya matbuot xizmati Rossiya bilan investitsiya shartnomasini ratifikatsiya qiluvchi qonun loyihasining parlamentdan tez orada chaqirib olinishi haqidagi bayonotni e’lon qildi.
Sharhlar