Abxaziya parlamenti prezident va muxolifat o‘rtasida muzokaralar tashkil etish niyatida

Foto: ochiq manba

Abxaz deputatlari hukumat va muxolifat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar tashkil etish niyatida, dedi dushanba kuni parlament spikeri Lasha Ashuba jurnalistlarga.

“Maslahatlashuvlar juma kuni kechqurundan beri davom etmoqda, hatto ma’lum yutuqlarga erishildi, ammo bu vaziyatni hal qilish uchun etarli emas. Shuning uchun biz hokimiyat va muxolifat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish niyatidamiz”, — deya xabar beradi RIA Novosti uning so‘zlarini.

Avvalroq Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya muxolifat bilan qator masalalarda murosaga kela olmaganini aytgandi . Bu haqda u Suxumida 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari fonida bayonot berdi. Muxolifat tarafdorlari parlament binolarini egallab, uning iste’fosini talab qilishdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.