Abxaziya prezidenti poytaxtni tark etdi
Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya respublika rahbarining iste’fosini talab qilayotgan muxolifat talablari fonida Suxumni tark etdi. Tegishli xabar siyosatchi matbuot xizmatining Telegram-kanalida paydo bo’ldi.
“Abxaziya prezidentining matbuot xizmati muxolifat manbalari tomonidan tarqatilgan dezinformatsiyani rad etadi, davlat rahbari xalqqa murojaatidan so‘ng Rossiya harbiy bazasi hududiga ko‘chirilgan”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, respublika rahbari ayni paytda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Tamish qishlog‘ida ekani ta’kidlangan. Avvalroq muxolifat yetakchisi Livan Mikaa Abxaz hukumati bilan muzokaralar prezident “qochib ketgani” sababli to‘xtatilganini aytgandi.
15-noyabr kuni kechqurun Abxaziya respublikasi rahbari o‘z lavozimini tark etishdan bosh tortdi. Bjaniyaning ta’kidlashicha, u, mamlakat vitse-prezidenti va bosh vaziri, shuningdek, hukumat a’zolari “joyda, Abxaziyada va ishlashda davom etadilar”.
Sharhlar