Abxaziyada namoyishchilar parlament hududiga bostirib kirishdi
Abxaziyadagi muxolifat vakillari Abxaziya-Rossiya hukumatlararo kelishuvining ratifikatsiya qilinishiga norozilik bildirib, parlament binosiga bostirib kirishdi, deb yozadi “TASS”.
Namoyishchilar huquq-tartibot idoralari xodimlariga tosh va tayoq otgan. Xavfsizlik kuchlari noqonuniy harakatlarga qarshi choralar ko’rdi.
Ma’lum qilinishicha, muxolifat ichkariga kirib ketmasligi uchun darvoza singan joyga o‘t o‘chirish mashinasi olib kelingan. Suxumda xavfsizlik kuchlari parlament binosiga bostirib kirishga uringan namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
Juma kuni Abxaziya parlamenti Rossiya Federatsiyasi bilan Abxaziya hududida rossiyalik yuridik shaxslar tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqishi kerak edi. Muxolifat norozilik e’lon qildi va Abxaziya aholisini unda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Sharhlar