Afg‘oniston Amudaryodan neft qazib chiqarishni hajmini kengaytirishni rejalashtirmoqda
Afg‘oniston hukumati Amudaryodan neft qazib chiqarishni sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda. Mamlakat yaqin kelajakda 25 ta yangi neft qudug‘ini ishga tushiradi, bu orqali kunlik neft qazib chiqarishni 3 ming tonnaga yetkazish maqsad qilingan. Hozirda bu hududda 24 ta quduq faoliyat ko‘rsatmoqda va ulardan kuniga 1,3 ming tonna neft olinmoqda.
Mahalliy iqtisodiy mutaxassislar neft qazishni izchil rejalashtirib, yangi quduqlarni burg‘ulashni sarmoyadorlar yordami bilan amalga oshirishni tavsiya etmoqdalar. Ular qayta ishlash uchun yetarli texnologiyalar va uskunalarga ega bo‘lmagani sababli Afg‘onistonning boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishi zaruriyatini qayd etishmoqda.
Bu o‘zgarishlar neft sanoatini rivojlantirish bilan birga mamlakatdagi ish o‘rinlari sonini oshirishi va iqtisodiy barqarorlikka hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Bu orada Tojikistonning Dangan iqtisodiy zonasida qurilgan neftni qayta ishlash zavodi 2018-yilda ishga tushirilgan bo‘lsa-da, xom ashyo yetkazib berishdagi muammolar tufayli hali ham faoliyatini boshlamagan. Shu sababli, Tojikiston chetdan, ayniqsa, Rossiya va Qozog‘istondan neft mahsulotlarini import qilishni davom ettirmoqda.
Sharhlar