Germaniya afg‘onistonlik qochqinlarni O‘zbekiston orqali vataniga qaytarmoqchi
Germaniya Toshkent bilan afg‘onistonlik qochqinlarni O‘zbekiston orqali o‘z vataniga qaytarish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Germaniya mansabdorlaridan iborat delegatsiya may oxirida Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezerning topshirig‘i bilan, “migratsiya va deportatsiya pakti”ni muhokama qilish uchun Toshkentga kelgan. Germaniyada boshpana berish rad etilgan va u yerdan deportatsiya qilingan “cheklangan sondagi” afg‘onistonliklar O‘zbekistonga yuborilishi, Toshkent esa ularni qo‘shni Afg‘onistonga jo‘natishi rejalashtirilmoqda. Kobulga reyslarni “xususiy aviakompaniya” amalga oshiradi. Bu Germaniyaga “Tolibon” radikal harakati bilan muzokaralardan qochish imkonini beradi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati Berlinning taklifini o‘rganib chiqmoqda. Ular kelishuv O‘zbekistondan Germaniyaga “malakali ishchilar”ga qonuniy migratsiya qilish imkonini beruvchi “ikki tomonlama nizom”ni o‘z ichiga olishini istamoqda, deyiladi Bloomberg xabarida.
Sharhlar