Toshkentdan Buxoroga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Foto: O‘zA

“Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 23-avgust kunidan haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari 778/777-sonli “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

778-sonli “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi:

Toshkent 6:59 — Buxoro 11:05

777-sonli “Buxoro — Toshkent” yo‘nalishi:

Buxoro 16:12 — Toshkent 20:20

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.