Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yiladi

Afrosiyob
Фото: advantour

26—30-avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari XIII xalqaro musiqa festivali” o‘tkazilishi va Mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 25-avgust kunidan 3-sentabr kunigacha 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar bermoqda.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi
Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.