Afruza Hamdamova ikki karra jahon chempioniga aylandi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Afruza Hamdamova Braziliyada o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etib, g‘olib bo‘ldi.

Hamdamova 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar guruhidagi bahslarda muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. 15 yoshli Afruza 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 durang) va bu natija uning musobaqa yakunlashiga 1 tur qolganda g‘olibligini kafolatladi.

Ma’lumot uchun, Hamdamova 2023 yil noyabr oyida Italiyada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida birinchilikni qo‘lga kiritgan. Bu natija bilan u O‘zbekiston tarixida Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan birinchi ayol shaxmatchi sifatida mamlakat shaxmat tarixiga kirgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.