Agrosanoat sohasida yangi bozor mexanizmlari joriy etiladi
“Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlarni barpo qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-151-son, 30.09.2024) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
— Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi;
— Agentlik huzurida Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi negizida Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi.
2024-yil 1-oktabrdan sanoatlashgan yangi intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo etish hamda moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi.
2024-yil 1-oktabrdan yangi bog‘larni barpo etishni Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
1-bosqichda – yerni ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha miqdorda;
2-bosqichda – ko‘chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha miqdorda;
3-bosqichda – sug‘orish tizimlarini o‘rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha miqdorda;
4-bosqichda – bog‘ hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi miqdorida ajratiladi.
Sharhlar