AGTSHlar 4,8 mlrd so‘mlik energiya resurslarini o‘g‘irladi

Foto: mineeenergy

Toshkent shahri va Samarqand viloyatida 4,8 mlrd so‘mlik energiya resurslarini o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari aniqlandi.

Yunusobod tumanida “B.” MCHJ rahbari T.A. va boshqalar MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida o‘rnatilgan gaz hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazilib, jami 1,5 mln kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

Shuningdek, Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.G.” MCHJ rahbari S.R. Pastdarg‘om tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zgartirib, tijorat maqsadida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.