Aholi shovqinning zararli ta’siridan himoya qilinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasida “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning asosiy prinsiplari, ushbu sohadagi davlat organlarining vakolatlari, shuningdek, atrof tabiiy muhitga shovqin orqali zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari belgilanmoqda.
Davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi vazifa va funksiyalari hamda javobgarlik sohalarinining aniq chegaralari ham loyihada aks etmoqda.
Qonun loyihasi ayni vaqtda mas’ul qo‘mita tomonidan siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishlari kun tartibiga muhokamadan o‘tkazish uchun kiritishga tayyorlanmoqda.
Sharhlar