O‘zbekistonda doimiy aholi kuniga 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi 37 134,2 ming kishini tashkil etgan.
O‘zbekiston doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi 2024-yil boshidan buyon 334,5 ming kishiga ko‘paygan, 2024-yilning har bir oyida o‘rtacha 55,7 ming kishiga oshgan.
2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
Ulashish:
Sharhlar