Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari oshiriladi

Foto: Mercedez benz group

21-iyun kuni Prezidentning “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 228-sonli Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) joriy etiladi.

Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;
  • davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reyestrini yuritish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yuritish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.