Aholi xonadoniga kirib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi
Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolganligi haqida murojaat kelib tushdi.
Murojaat viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda “Yuqori To’palang” milliy tabiat bog’i xodimlari hamkorligida o‘rganildi. Natijada bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yashovchi fuqaro M.I.ning xonadoniga kirib qolgani hamda fuqaro aholiga zarar yetkazmasligi uchun bo‘rini uyida saqlagani va viloyat Ekologiya boshqarmasiga murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi.
Bo‘rining salomatligi mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechirilgan va “Yuqori To’palang” milliy tabiat bog’i hududiga qo‘yib yuborilgan.
Avvalroq, Surxondaryoda aholi yashash joyiga kirib qolgan ayiq otib tashlangani haqida xabar berilgan edi.
Sharhlar